» » Obid Odilov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Obid Odilov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan Obid Odilov O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — bosh muhandis etib tayinlandi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Obid Odilov bungacha “O‘zavtoyo‘l” DAK boshqaruvi raisi o‘rinbosari — bosh muhandis lavozimida ishlagan.

Odilov Obid Choriyevichning tarjimayi holi

1983-yil 7-noyabrda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. Millati: o‘zbek.

Ma’lumoti oliy. 2002—2008-yillarda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qigan.

Mutaxassisligi: transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash (avtotransport bo‘yicha); harakatlanish xavfsizligi va uni tashkil etish.

Mehnat faoliyati

2008—2010-yillarda — “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi Avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash va foydalanish davlat korxonasi 403-sonli yo‘l bo‘limi katta dispetcheri.

2010—2010-yillarda — “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi Xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish filiali harakat xavfsizligini ta’minlash muhandisi.

2010—2010-yillarda — “Toshkentavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti Ohangaron tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish davlat korxonasi bosh muhandisi.

2010—2011-yillarda — “O‘zyo‘lmashservis” ilmiy ishlab chiqarish tajriba davlat unitar korxonasi Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 399-400-543-544-sonli yo‘l ta’mirlash bo‘limi texnika xavfsizligi va yong‘indan saqlanish bo‘yicha muhandisi.

2011—2013-yillarda — “O‘zyo‘lmashservis” ilmiy ishlab chiqarish tajriba davlat unitar korxonasi. Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqaruv xodimlar bo‘limi katta muhandisi.

2013—2013-yillarda — “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan foydalanish uchastkasi Avtomobil yo‘llaridan foydalanish bo‘limi boshlig‘i.

2013—2013-yillarda — “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi. Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan foydalanish uchastkasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi.

2013—2014-yillarda — “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi. Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan foydalanish uchastkasi bosh muhandisi vazifasini bajaruvchisi.

2014—2016-yillarda — “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasi Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan foydalanish uchastkasi boshlig‘i.

2016—2017-yillarda — “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari – bosh muhandis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi Farmoni bilan “O‘zavtoyo‘l” DAK faoliyati tugatilib, uning negizida Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют