» » Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya pandemiya sharoitida fuqarolarga ko‘rsatiladigan o‘zaro yordamni muvofiqlashtiradi

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya pandemiya sharoitida fuqarolarga ko‘rsatiladigan o‘zaro yordamni muvofiqlashtiradi


Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya koronavirus pandemiyasi oqibatlari oldini olish, jumladan, MDH mamlakatlari hududlarida bo‘lib turgan fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatishda tomonlarning vakolatli idoralari o‘rtasida muvofiqlashtirish va hamkorlikni davom ettirishni muhim deb hisoblaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari 2020-yil 21-may kuni videokonferensaloqa shaklida o‘tgan majlisda koronavirusga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish masalasini muhokama qildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

“Koronavirus pandemiyasi oqibatlari oldini olish, jumladan, MDH mamlakatlari hududlarida bo‘lib turgan fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatishda tomonlarning vakolatli idoralari o‘rtasida muvofiqlashtirish va hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya vazirlarining bo‘lajak uchinchi uchrashuvining kun tartibini ko‘rib chiqdi.

Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik va transport-kommunikatsiya sohasidagi ustuvor loyihalarni ilgari surish bo‘yicha faol qo‘shma ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq 1100 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytish uchun Rossiya—Qozog‘iston chegarasiga avtomobillarda kelib, Qozog‘iston tomoni ularni kiritmagani uchun to‘planib qolgandi. Shundan so‘ng mazkur fuqarolar yordam so‘rab O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qildi. Mazkur murojaatdan keyin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya va Qozog‘iston tomonlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida to‘planib qolgan fuqarolar avtobuslarda O‘zbekistonga olib kelinishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: TIV: Rossiyadagi 65 ming o‘zbekistonlik mamlakatga qaytish istagini bildirgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют