» » Andijonda o‘zganing mashinasidagi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda o‘zganing mashinasidagi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Andijonda o‘zganing Lacetti avtomashinasini universal Magicar pultidan foydalangan holda ochib, ichidan qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoyat 2020-yil 17-may kuni soat 13:00 larda muqaddam olti marotaba sudlangan fuqaro S.S. tomonidan amalga oshirilgan.

U Andijon shahri “Yorboshi” mahallasida joylashgan “Jahon savdo bozori” MChJ hududidagi avtomashinalar turargohida fuqaro A.N.ga tegishli qarovsiz qoldirilgan Lacetti avtomobilini universal Magicar pultidan foydalangan holda ochib, ichidan qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan va shu joyda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan 18-may kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют