» » “Real” va “Barselona” gegemoniyasi, 100 mln yevrolik Neymar. 2015-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

“Real” va “Barselona” gegemoniyasi, 100 mln yevrolik Neymar. 2015-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2015-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

2015-yilda ham Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi (120 million yevrodan) eng qimmat futbolchilar reytingida yetakchilikni saqlab qolgan. Bir yil avval 3-o‘rinda qayd etilgan Garet Beyl bu safar 6-pog‘onaga tushib ketgan va uning o‘rinini 100 million yevrolik dovonni zabt etgan Neymar egallagan.

Ta’kidlash joiz, dastlabki olti o‘rinni “Real” va “Barselona” futbolchilari egallagandi. Shuningdek, top-10 likdan ikki nafar “Bavariya” va bir nafardan “Chelsi”, “Manchester Yunayted” futbolchilari o‘rin olgandi.

2015-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Krishtianu Ronaldu — 120 million yevro

2. Lionel Messi — 120 million yevro

3. Neymar — 100 million yevro

4. Luis Suares — 90 million yevro

5. Xames Rodriges — 80 million yevro

6. Garet Beyl — 80 million yevro

7. Tomas Myuller — 75 million yevro

8. Robert Levandovski — 70 million yevro

9. Eden Azar — 70 million yevro

10. Anxel di Mariya — 65 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2015-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Manuel Noyer (45 million yevro);

Himoyachilar: Serxio Ramos (45), Jerom Boateng (40), Tiago Silva (40);

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (60), Pol Pogba (55), Xames Rodriges (80), Lionel Messi (120), Neymar (70);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (100), Luis Suares (90).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют