» » Qamashi tumani hokimi homiladorlar daryodan zambilda olib otiladigan, jin koprikdan yiqilganlar esa nogiron bolib qolayotgan qishloqqa bordi

Qamashi tumani hokimi homiladorlar daryodan zambilda olib otiladigan, jin koprikdan yiqilganlar esa nogiron bolib qolayotgan qishloqqa bordi


Qamashi tumani hokimi Sherali Sanayev homiladorlar daryodan zambilda olib otiladigan, jin koprikdan yiqilganlar esa nogiron bolib qolayotgan qishloqqa borib, aholi muammosiga quloq tutdi. Bu haqda Daryoga tuman hokimligi axborot xizmati malum qildi.

Daryoda elon qilingan maqolada tumanning Kaltatoy qishlogidagi koprik muammosi tilga olinib, beshta qishloq aholisini yillar davomida qiynab kelayotgan masalalar haqida soz borgandi.

Qamashi tuman hokimligining malum qilishicha, Dovud mahalla fuqarolar yigini hududidagi QiziltepaLangarMaydanakavtomobil yolining Langar daryosidan kesib otuvchi qismida koprikka zarurat borligi sayyor qabullar vaqtida ham malum bolgan.

Tuman hokimining 2019-yil noyabr oyidamazkur hududda otkazilgan sayyor qabulida ham bu masala kotarilgan edi, deyiladi hokimlik munosabatida. Koprik qurilishiga zaruratni organish davomida qishloqdagi 70 metrlik yangi koprik barpo etilishi natijasida Dovud, Todana, Xannar, Kaltatoy, Qoranqul qishloqlarining 1852 ta xonadonidagi 18 550 nafar aholini tuman markazi bilan boglovchi xavfsiz yonalish bolishi oydinlashgan.

Sherali Sanayev Kaltatoy qishlogi oqsoqollari bilan suhbati davomida keksalar fikrini tinglab, tuman bosh memoriga koprik qurilishi uchun uch xil yonalishda loyiha tayyorlash boyicha korsatma bergan.

Loyihachi tashkilotlarga buyurtma berdik. Ular Kaltatoy qishlogidagi koprik qurilishi zarur bolgan joyni organib, taklif berishini malum qilishdi, deydi tuman bosh memori Dilshod Hakimov.

Takidlanishicha, yangi koprikdan tashqari aholi foydalanib kelayotgan osma koprik holati ham organilib, tamirlash ishlari olib borilishi belgilangan.

Tuman hokimligi masullari maqolada aholi yashovchi hududni ham sel yuvib ketayotgani haqida fikrga munosabat bildirib, aholini daryo qirgogiga yaqin joyda uy qurishda ayblagan.

Maqolada Sel daryo qirgogini yuvib ketishi oqibatida qirgoq yemirilib, aholi uylariga yaqinlashib qolgan. Ikki-uchta xonadon vakillari seldan qorqqanidan uylarini buzib olib, kochib ketdi. Sel yana 21 ta uyga xavf solmoqda,deyiladi. Ozbekiston Respublikasida belgilangan qoidalarga kora sigimi katta daryo, katta suv omborlari va boshqa suv havzalari atrofida 100-250 metr masofada qurilish qilishga ruxsat berilgan. Favqulodda vaziyatlar mutaxassisi ushbu hududda daryodan 200-250 metr uzoqlikda qurilish qilish mumkinligini bildirdi, deyiladi hokimlikning rasmiy munosabatida.

Qamashi tuman hokimligi koprik qurilishi boyicha loyiha tayyor bolgach, hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida elon qilinishini bildirgan.

Mavzuga doir:Qashqadaryoda homiladorlarni tugruqxonaga yetkazish uchun daryodan zambilda olib otiladigan, jin koprikdan yiqilganlar esa nogiron bolib qolayotgan qishloq bor



Manba: Daryo.uz
: admin (22-05-2020, 07:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -