» » Sirdaryolik ayollar va bolalar madaniy hordiq chiqarish uchun Andijonga olib kelindi

Sirdaryolik ayollar va bolalar madaniy hordiq chiqarish uchun Andijonga olib kelindi


Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Sirdaryo viloyati aholisi bilan muloqotidan so‘ng 190 nafar sirdaryolik madaniy hordiq chiqarish uchun Andijonga olib kelindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasidan kelgan mehmonlar 20-may kuni kutib olingan va Xonobod sihatgohiga joylashtirilgan.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Omina Ibragimovaning aytishicha, 130 nafar xotin-qiz va 60 nafar bola karantin qoidalariga amal qilgan holda sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etadi. Andijon viloyatining diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladi.

Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etishda yaqindan ko‘maklashish maqsadida 800 nafar quruvchi bilan Sirdaryo viloyatiga borgan Shuhrat Abdurahmonov 16-may kuni toshqindan jabr ko‘rgan Mirzaobod tumani “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashgan.

Uchrashuvda hududda qad rostlaydigan shinam, barcha qulayliklarni o‘zida mujassamlashtirgan, alohida tomorqasiga ega bo‘lgan, o‘zbekona urf-odatlarga binoan tandir-u o‘choqlariga ega bo‘lgan xonadonlar loyihasi taqdim etilgan.

Bundan tashqari, Andijon hokimi toshqindan zarar ko‘rgan uylar bir oy muddatda ta’mirdan chiqarilishini aytib, navbahorlik ayollarni bu muddat ichida Andijon viloyatining Xonobod shahridagi so‘lim dam olish maskanida hordiq chiqarishga taklif qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют