» » Filippinlik jurnalist jonli efirdaligida uning mushuklari bir-biri bilan urishib ketdi (video)

Filippinlik jurnalist jonli efirdaligida uning mushuklari bir-biri bilan urishib ketdi (video)


Filippinlik jurnalist Doris Bigorniya ko‘pchilik singari uydan ishlayapti. Bir kuni u jonli efirga chiqayotgan paytda ayolning mushuklari bir-biri bilan timdalashdi. Bu haqda Esquire xabar berdi.

Mushuklarning ovozini eshitib, Doris orqaga qaradi. Dastlab u tabassumini ushlab turishga harakat qildi. Keyin esa mushuklar efirni buzishi mumkinligidan asabiylashdi.

Doris intervyu oxirigacha o‘zini qanday tutishni bilmay qoldi: o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutsinmi yoki mushuklarni quvib yuborsinmi?

Biroq aynan janjalkash mushuklar sabab Dorisning intervyusi juda ko‘p marta tomosha qilindi.

Jurnalist ayol va uning jonivorlari yangi muxlislar orttirdi. Endilikda muxlislar Dorisning reportajlarini mushuklarni ko‘rish ilinjida tomosha qilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют