» » Xitoyda bir sutkada 39, Janubiy Koreyada esa 20 kishida koronavirus qayd etildi

Xitoyda bir sutkada 39, Janubiy Koreyada esa 20 kishida koronavirus qayd etildi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 4 ta hamda kasallik belgisiz o‘tayotgan 35 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka davomida olti nafar bemor sog‘aygan. Kasallik qayd etilgan to‘rt bemorning ikki nafari Szilin provinsiyasida aniqlangan bo‘lsa, yana ikki holat Shanxayga chetdan kirib kelganlarga qayd etilgan.

Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlar soni 82 971 kishiga yetdi, ularning 78 255 nafari sog‘aygan bo‘lib, hozirda 82 bemor shifoxonada qolmoqda. COVID-19 bilan kasallangan 4634 bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: Uxan shahri ma’muriyati yovvoyi hayvonlarni boqish, pishirib sotish va yeyishni taqiqlab qo‘ydi

Janubiy Koreyada esa o‘tgan bir sutka ichida yana 20 kishida koronavirus aniqlangan, bir kishi vafot etgan. Butun mamlakat bo‘ylab kasallar soni 11 142 kishiga yetdi. Hozirga qadar 264 bemor COVID-19 qurboniga aylangan bo‘lsa, 10 162 bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘tgan bir sutka davomida 27 kishiga kasalxonadan javob berilgan. Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar 91 foizni tashkil etmoqda. Janubiy Koreyada koronavirusga 770 mingdan ortiq test olingan.

Mavzuga doir: JSST dunyoda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют