» » Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tadbirkorlar bilan uchrashdi

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tadbirkorlar bilan uchrashdi


Toshkent viloyati Chinoz tumanida viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hukumat tomonidan joriy etilayotgan chora-tadbirlar birinchi navbatda sinovli kunlarda moddiy va boshqa tomondan amaliy ko‘makligi tushuntirildi.

Uchrashuv davomida bosh boshqarma boshlig‘i tadbirkorlarga faoliyatlarini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar bildirishlarini va bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarga xayrixohligini va qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

3-sektor rahbari tomonidan ular faoliyatidagi mavjud kamchiliklar va to‘siqlarni bartaraf etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Yig‘ilish davomida Prezident tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmasligini, o‘zini o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinishini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 53) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют