» » AQSh Erondagi to‘ntarishga MRBning aloqadorligiga doir hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish taqiqini uzaytirdi

AQSh Erondagi to‘ntarishga MRBning aloqadorligiga doir hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish taqiqini uzaytirdi


AQSh Erondagi 1953-yilgi davlat to‘ntarishiga Markaziy razvedka boshqarmasining aloqadorligiga doir hujjatlarni ommaga e’lon qilishga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi. Bu haqda, Eronning Fars agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Agentlik manbalarining taxmin qilishicha, ushbu hujjatlar o‘tgan asrning o‘rtalarida bosh vazir Muhammad Mosaddiq boshchiligidagi Eronning Xalq fronti hukumati ag‘darilishida AQSh maxsus xizmatlari va Britaniya razvedkasining bevosita ishtirokini tasdiqlaydi.

1953-yilda Eronda yuz bergan voqealarda MRB va MI-6 ning rolini isbotlovchi tarixiy guvohliklardan ba’zilari 2013-yilda ommaga ma’lum qilingan. Biroq hujjatlarning katta qismi hozirgacha maxfiylikda saqlanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 45) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют