» » Kim kuchliroq: Chak Norris yoki Van Damm?

Kim kuchliroq: Chak Norris yoki Van Damm?


“Universal askar” yoki “Cho‘rtkesar Uoker”, “Ikkilik zarba” yoki “Delta otryadi”. Bu yigitlar o‘tgan asrning 80 va 90-yillar qahramoni bo‘lgan, hatto O‘zbekistonda ham har bir bolakay ularni tanir va ularning harakatini takrorlashga intilar edi. Har bir mahalla va sinf o‘zining “Van Damm” va “Chak Norris”iga ega edi. Ular — afsona, hozirgacha mashhurlikni saqlab qolgan. “Chempionat” nashri amerikalik reynjer va belgiyalik kulturistni o‘zaro taqqoslab chiqdi.

Haqiqiy ismlar

Mashhur yigitlarda o‘ziga xos va mos ismlar bo‘lishi kerak. Ajablanishingiz mumkin, biroq Van Damm va Chak — haqiqiy ismlar emas. Norrisning asl ism-sharifi Karlos Rey, Van Dammniki esa — Jan-Klod Kamil Fransua van Varenberg. Hisob 1:1.

Sportdagi muvaffaqiyat

Chak Norris yoshligida politsiyachi bo‘lishni orzu qilgan, shu sabab maktabdan so‘ng AQSh harbiy-havo kuchlari qo‘shiniga qo‘shiladi va Janubiy Koreyaga yo‘l oladi. Biroq harbiy xizmatdan tez zerikadi va e’tiborni sportga qaratadi. Natijada karate bo‘yicha og‘ir vazn toifasida Jahon chempioniga aylanadi va dzyudo bo‘yicha qora belbog‘ga ega chiqadi.

Van Damm 16 yoshidayoq karate bo‘yicha Belgiya terma jamoasi a’zosiga aylanadi, qora belbog‘ sohibi Yevropa chempionligini qo‘lga kiritadi. Keyinchalik u kikboksing bo‘yicha o‘rta vazn toifasida Yevropa chempioniga aylanadi. Bu borada ham durang — 2:2.

Aloqadorlik

Yevropa chempionatlaridagi g‘alabalardan keyin Van Dammning qo‘liga pul tushadi va u Bryusselda “Kalforniya” nomli klub ochadi. U yerda yakkakurashning turli usullari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi, Jan-Klod esa barchasiga bosh bo‘ladi. Biroq yanada ko‘proq mashhurlikni xohlaydi va Gollivudga yo‘l oladi.

Gollivudda unga ilk ishni aynan Chak Norris topib beradi. Jan-Klod unga o‘zining jang salohiyati va texnikasini namoyish qiladi. Norris uni o‘z klubiga qo‘riqchi sifatida ishga oladi. Shu tariqa Chakning klubi Van Damm uchun uyga aylanadi va shu yerda uning kinodagi faoliyati boshlanadi. Bundan kelib chiqadiki, Norris bo‘lmaganida Jan-Klod kino yulduzi darajasiga ko‘tarila olmas edi. Bu yerda Norris hisobiga bir ochko — 3:2.

Karyera va kino

Ba’zida shogird ustozidan ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishadi. Van Damm Gollivudda ancha tez o‘sishga erishdi. U “Ikkilik zarba”, “Universal askar”, “Qonli sport” kabi jangari filmlarda mashhur rollarni ijro etdi. Van Damm, shuningdek, Amerikaning mashhur seriali “Do‘stlar”da epizod rolda chiqdi va jangari filmlar mashhurlikni yo‘qotganda ham e’tibordan chetda qolib ketmadi.

Albatta, Norrisning kinodagi faoliyati omadsiz chiqdi deyish, nojoiz. “Cho‘rtkesar Uoker: texaslik reynjer” seriali haqiqatda afsonaga aylangan. Filmdan so‘ng ko‘plab bolalar va o‘smirlar kovboy etikli badjahl yigitga o‘xshashni orzu qilardi. Biroq Chakning qolgan ishlari u qadar mashhurlikka erishmadi. Belgiyalik aktyorga bir ochko — 3:3.

Ziddiyat

2009-yilda Chak Norris kutilmaganda Texas mustaqil davlat sifatida AQShdan ajralib chiqishi kerakligi haqida gapirdi. Uning fikricha, 2008-yili ipoteka sabab yuzaga kelgan moliyaviy inqirozdan so‘ng Amerika hukumati parokanda bo‘lgan, Texas esa ixtiyor o‘zida bo‘lganida bu vaziyatdan chiqib ketgan bo‘lardi. Chak o‘zini yangi mamlakatning prezidentligiga ideal nomzod sifatida ko‘rardi.

Shuningdek, Norris bir jinsli nikohlarga qarshi chiqqan ilk shaxslar qatoridan o‘rin olgandi. Bu esa AQShda odamlarning turli xil munosabatlariga sabab bo‘lgan. Jan-Klod biografiyasida bunday ziddiyatlar yo‘q, Vladimir Putin va Ramzan Qodirov bilan do‘stligini inobatga olmaganda, albatta. Bu yerda ham Van Damm plyusda  — 3:4.

Keskinlik

Keskinlik borasida Norrisga hech kim yaqin kela olmaydi. Soqolli va ajoyib shlyapaga ega reynjer — bu asr qahramoni. Mana shu obraz amerikalik aktyorning faoliyati davomida o‘zgarmadi. Chakning ekrandagi qahramonlari — dovyurak erkakning haqiqiy obrazi. Demak, hisob — 4:4.

Ayollar qalbiga yo‘l

Nozik hilqat e’tiborida ko‘proq Jan-Klod bo‘lgan. Belgiyalik aktyor ko‘plab qalblarni zabt etgan. U uch yil ketma-ket MTV Movie Awards talqiniga ko‘ra “Dunyoning eng sevimli erkagi” sifatida e’tirof etilgan. Bu yerda hech qanday savolga o‘rin yo‘q — 4:5.

Meros

Mazkur qarama-qarshilik taqdirini hal qiladigan so‘nggi bosqich. Van Damm, shubhasiz, hozirgacha sevimli va hurmatli, biroq Chak Norris to‘xtamadi va internet olamidagi eng mashhur memlardan biriga aylandi. Odamlar Norrisning obrazidan ilhomlangan holda aqlga sig‘mas fleshmoblar yaratdi. Ulardan misol keltiramiz, tarmoq foydalanuvchilarining fikricha, Chak quyidagi xususiyatlarga ega:

Bahs so‘nggida Chak hisobni tenglashtirdi — 5:5. Shu tariqa duelda jangovar durang qayd etildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют