» » “Sizni ham ona tug‘gandir, singlingiz bordir”. Gavhar Sharipovaning opasi aktrisaning jasadi rasmlarini tarqatganlarni qoraladi (video)

“Sizni ham ona tug‘gandir, singlingiz bordir”. Gavhar Sharipovaning opasi aktrisaning jasadi rasmlarini tarqatganlarni qoraladi (video)


“Opa-singillar”, “Gulxan atrofidagilar”, “Alpomish” kabi filmlaridagi rollari bilan tanilgan, 2019-yilning oxirida baxtsiz hodisa tufayli olamdan o‘tgan aktrisa Gavhar Sharipovaning opasi Nafisa Sharipova “Daryo” nashriga intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Nafisa Sharipova singlisining vafotidan keyin uning jasadini rasmga olib, internetda tarqatib yuborganlarni qattiq qoralab, bu holat ularning oila a’zolariga juda qattiq ta’sir qilgani haqida yig‘lab gapirib berdi.

Gavhar singlim vafot etgan joyida tushirilgan rasmni internetga tarqatib yuborgan odamga aytadigan gapim bor. Sizni ham ona tug‘gandir, bu dunyoga sizni musulmon ayol keltirgan bo‘lsa, singlingiz, farzandingiz, qizingiz, rafiqangiz bo‘lsa, bunday qilishga nima haqqingiz bor edi, siz qanchalik odamgarchiligi yo‘q inson ekansiz. Bunday qilishga kimning haqqi bor, telekanallarda ham Gavharni muhokama qilish nimaga kerak edi?

Gavhar xushchaqchaq, yaxshi inson edi. Farzand ko‘ra olmagani uchun juda bolajon edi. Men Gavharni Telegram’da tarqalgan rasmlari bilan emas, balki qo‘limdagi suratlari bilan, yaxshi xotiralar bilan eslashingizni iltimos qilardim.

Nafisa Sharipova, Gavhar Sharipovaning opasi

Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan, “Aldangan ayol”, “Go‘zallik siri”, “Alpomish”, “Gulxan atrofidagilar”, “Sarvinoz” kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

Aktrisa Gavhar Sharipova 2019-yilning 19-noyabr kuni Samarqand—G‘uzor avtomobil yo‘lida Isuzu yuk mashinasida kelayotganida yuk mashina haydovchisi unga shilqimlik qilgan, shundan so‘ng aktrisa 140 km tezlikda ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют