» » Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish uskunasini beg‘araz yordam sifatida taqdim etdi

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish uskunasini beg‘araz yordam sifatida taqdim etdi


Turkiya hukumati O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish apparatini yubordi. Insonparvarlik yuki Uzbekistan Airways’ning 22-may kuni Istanbuldan parvoz qilgan maxsus charter reysi orqali Toshkentga yetkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Qayd etilishicha, olib kelingan tibbiy uskunalar O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi ko‘magida beg‘araz yordam sifatida taqdim etilgan. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligiga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashishda foydalanish uchun topshiriladi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Turkiyaning sun’iy nafas oldirish apparati boshqa ko‘plab muqobillariga qaraganda raqobatbardosh va yuqori sifatga ega.

Avvalroq Turkiya koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga tibbiy himoya anjomlari to‘plamini taqdim etgandi.

Eslatib o‘tamiz, 22-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 kishiga ko‘payib, 3006 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: Turkiya O‘zbekiston va yana 30 davlatdan bo‘lgan tibbiyot turistlari uchun o‘z chegaralarini ochadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 14) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют