» » PFL direktori Davron Shoqurbonov ishdan ketdi. Uning o‘rniga ikki nomzod ko‘rib chiqilmoqda

PFL direktori Davron Shoqurbonov ishdan ketdi. Uning o‘rniga ikki nomzod ko‘rib chiqilmoqda


O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFL) bosh direktori Davron Shoqurbonov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimini tark etdi. Bu haqida “Daryo” manbasi xabar qilmoqda.

Shoqurbonov 2019-yilning iyun oyida PFL sobiq rahbari Omon G‘ofurov o‘rniga vaqtinchalik bosh direktor lavozimiga tayinlangandi. 48 yoshli Shoqurbonov Toshkentning “Bunyodkor” klubida texnik va sport direktori lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ungacha esa u professional hakam sifatida faoliyat olib borgan.

Hozirda tashkilot rahbarligiga ikki nafar nomzod ko‘rib chiqilmoqda. Ulardan biri PFL direktori birinchi o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev. Yana biri O‘zbekiston terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi, hozirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyada terma jamoalar bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan — Aziz Haydarov.

Professional futbol ligasi — O‘zbekistonda futbol musobaqalarini o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. PFL 2008-yildan tashkil etilgan. 2009-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Superliga, Pro-Liga, O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi kabi yirik musobaqalarni o‘tkazish mazkur tashkilot tasarrufiga kiradi. Tashkilotni 2009-yildan 2017-yilgacha sobiq futbolchi Farhod Magomedov boshqargan. Omon G‘ofurov esa ikki yil davomida PFLga rahbarlik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют