» » Samsung harbiylar uchun Galaxy S20 Tactical Edition smartfonini taqdim etdi

Samsung harbiylar uchun Galaxy S20 Tactical Edition smartfonini taqdim etdi


Samsung kompaniyasi o‘zining yangi flagmani asosida harbiylar uchun yaratilgan mustahkam korpus va funksiyalarga ega versiyasini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Harbiylarga mo‘ljallangan Galaxy S20 oddiy flagman versiyasi bazasida yaratilgan — u Snapdragon 865 protsessori va 12 gigabayt tezkor xotira yordamida ishlaydi. Smartfon 6,2 dyuymli AMOLED displey va 4000 mA/soat akkumulyator sig‘imiga ega, kameralar ham xuddi orginalidagidek. Qolgan jihatlari bilan mazkur smartfon mutlaqo yangi hisoblanadi. U turli zarbalar, suv, kuchli vibratsiya, keskin o‘zgaruvchan havo harorati va boshqa sharoitlarga bardoshli.

Samsung’ning ma’lum qilishicha, Galaxy S20 Tactical Edition harbiylarga mo‘ljallangan maxsus va maxfiy dasturlar bilan ham ishlay oladi. Shuningdek, u taktik radiostansiya aloqasi kabi maxsus armiya aksessuarlariga ham ulanishi mumkin. Galaxy S20 Tactical Edition’ga qo‘shimcha uchta tugma joylashtirilgan bo‘lib, bu tanlangan ilovalarni tezda ishga tushirishga yordam beradi.

Shuningdek, smartfon bir necha maxsus rejimlarda ham ishlay oladi. Masalan, u o‘z xo‘jayini tungi ko‘rish moslamasini yoqsa, displeyini avtomatik tarzda o‘chiradi. Yana yashirin rejim ham mavjud bo‘lib, kuzatuvlardan himoyalanish va barcha aloqa modullari — mobil, Wi-Fi va Bluetooth’larni o‘chirishga qodir.

Samsung’ning ta’kidlashicha, mazkur smartfon ikki pog‘onali shifrlash standartlari bilan himoyalangan. Bu esa uni oddiy xaridorlar sotib ololmasligini bildiradi — smartfon 2020-yilning uchinchi choragida kompaniyaning ma’lum hamkorlari uchun sotuvga chiqadi.

Harbiylarga mo‘ljallangan smartfonning narxi ham hozircha ma’lum emas. Oddiy Galaxy S20 narxi 770 dollarni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют