» » Oq uyning sobiq ish boshqaruvchisi koronavirusdan vafot etdi. U AQShning 11 prezidenti davrida ishlagan

Oq uyning sobiq ish boshqaruvchisi koronavirusdan vafot etdi. U AQShning 11 prezidenti davrida ishlagan


Oq uyning sobiq ish boshqaruvchisi, AQShning 11 nafar prezidenti davrida ishlagan Uilson Ruzvelt Jerman vafot etdi. Bu haqda uning nabirasi Jamil Garettga tayanib, Fox 5 telekanali xabar berdi.

Jerman 91 yoshda edi. Uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgan.

Jerman Oq uyda 55 yil davomida — 1957-yildan 2012-yilga qadar ishlagan. U o‘z faoliyatini oddiy xizmatkor sifatida boshlagan. Ish boshqaruvchi lavozimiga Jermenni Jaklin Kennedi, prezident Jon Kennedining rafiqasi tayinlagan.

21-may holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan 1 551 853 kishi kasallangan, 93 439 kishi kasallik oqibatida qurbon bo‘lgan. Kasallikdan tuzalganlar soni 294 ming kishidan oshgan.

Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют