» » AQShda shtat ramzi bo‘lgan haykalga Ilon Maskning yuzi va Tesla logotipi chizib qo‘yildi

AQShda shtat ramzi bo‘lgan haykalga Ilon Maskning yuzi va Tesla logotipi chizib qo‘yildi


AQShning Oklaxoma shtati Talsa shahri aholisi tadbirkor va milliarder Ilon Maskning hududda Tesla avtomobil zavodi qurishini juda xohlamoqda. Shuning uchun odamlar Maskning e’tiborini tortish uchun hududdagi ulkan Oltin burg‘ulovchining haykaliga milliarderning yuzi va kompaniya logotipini chizib qo‘ydi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Betondan yasalgan haykal haqiqatan ham juda katta, u to‘qqiz qavatli uy balandligiga teng, og‘irligi esa 22 tonnani tashkil etadi.

Haykalning yuzida Maskning aksi paydo bo‘lganida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari g‘oya yaxshi bo‘lganini, biroq u juda yomon tarzda bajarilganini bildirishdi.

Oltin burg‘ulovchi haykali XX asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Uni Xalqaro neft ko‘rgazma markazi uchun yasashgan va u insoniyat uchun qulay hayotni yaratgan neftchilarga bag‘ishlangan.

Haykal 1979-yildan beri Oklaxoma shtati ramzi hisoblanadi. U o‘z vaqtida turli brendlarning reklamalarida foydalanilgan.

Mavzuga doir: Ilon Mask oltinchi farzandiga X ? A-12 deb ism qo‘ydi. Kaliforniya shtati ma’muriyati bunday ismni qabul qila olmaydi, uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют