» » Onalarning mehnat stajidan kesish qachongacha davom etadi? Maqsuda Vorisova qat’iy taklif bilan chiqdi

Onalarning mehnat stajidan kesish qachongacha davom etadi? Maqsuda Vorisova qat’iy taklif bilan chiqdi


“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 37-moddasi “j” bandiga muvofiq, bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 3 yildir.

Masalan, agar ishlovchi ayollar 30 yillik ish stajiga ega bo‘lsa, shuning ichida umumiy hisobda uch nafar bola parvarishi uchun 8 yil ta’tilga chiqqan bo‘lsa, unga pensiya tayinlash uchun ish staji jami 25 yil deb belgilanadi. (30 yil – 8 yil + 3 yil = 25 yil).

Bola parvarishi ta’tilida bo‘lgan davr (shu jumladan, haq to‘langan davr) imtiyozli yoshga doir pensiya olish huquqini beruvchi maxsus ish stajiga kiritilmaydi.

Mening fikrimcha, ana shu qonunni bola tug‘ish va uni parvarishlash haqida, umuman, tushunchasi bo‘lmagan erkaklar tuzgan va qabul qilgan. Aks holda, farzandni dunyoga keltirish uni go‘dakligida tarbiyalash qanchalar og‘ir mehnat ekanligini bilar edilar va nohaqlikka yo‘l qo‘yilmagan bo‘lar edi.

E’tibor bering, nafaqat bola parvarishi muddati, balki ayolga tug‘ish va undan keyingi ta’til (jami 126 kun) xalq tilida “dekret ta’tili” deyiladi, ish stajiga kiritilmaydi.

Jamiyat rivojlanishi, taraqqiy topishi uchun unga doimiy ravishda bilimli, sog‘lom, dunyoqarashi keng yosh avlod kelib qo‘shilishi shart. Bu mas’uliyatli vazifani ayollar o‘z zimmalariga olganlar. Lekin bugungi kunda biz ularni bu fidokorliklari uchun jazolamayapmizmi?

Bir korxonaga bir kunda ishga kelgan erkak va ayol uchun ish faoliyati yakunida uzluksiz mehnat staji ikki xil natija bermoqda va bu, albatta, pensiya miqdorida o‘z aksini topadi.

Amaldagi qonun o‘z hayotida nari borsa bir nafar farzand ko‘radigan Yevropa ayollarining huquqlariga mos, lekin bizning bolajon xalqimiz o‘rta hisobda ikki yoki uch nafar farzandli oilani xohlaydi. Demak, har bir ishlovchi ayol mehnat stajidan o‘rtacha 5 yil yutqazyapti. Bu ayol huquqlarining kamsitilishi emasmi?

Xalq demokratik partiyasi o‘z Saylovoldi dasturida ana shu nohaqlikka chek qo‘yishni, buning uchun tug‘ruq va bola parvarishi davrini to‘liq mehnat staji, deb hisoblash haqida qonunchilikka o‘zgartirish kiritishni taklif etgan.

O‘ylaymanki, bu taklif faol qo‘llab-quvvatlansa, mamlakatda ayollar haq-huquqlarini ta’minlash, onalar hurmatini joyiga qo‘yish yo‘lida qo‘yilgan yana bir qadam bo‘ladi.

Maqsuda Vorisova,

Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi

Ma’lumotlar sheriklik huquqi asosida tayyorlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют