» » O‘zbekistonda pensiya tayinlashda talab qilinadigan yana bir hujjat turi soddalashtirildi

O‘zbekistonda pensiya tayinlashda talab qilinadigan yana bir hujjat turi soddalashtirildi


20-aprelda Adliya vazirligida 2282-8-son bilan ro‘yxatga olingan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari” to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Joylarda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishida sansolarlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda ularga qulayliklar yaratishni kuchaytirish maqsadida, fuqarolar tomonidan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini tayinlashda vafot etgan boquvchi qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari to‘g‘risida yashash joyidan ma’lumotnomani taqdim qilish tartibi bekor qilindi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibi haqida ma’lumot berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют