» » Romelu Lukaku: Villash-Boashni hech qachon kechirmayman

Romelu Lukaku: Villash-Boashni hech qachon kechirmayman


“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku “Chelsi”dagi sobiq bosh murabbiyi Andre Villash-Boash bilan munosabati haqida gapirdi.

“Chelsi” bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish — orzularimdan biri edi. Sen har doim shunga o‘xshash yutuqlarni jamoa bilan nishonlashni xohlaysan. Bunaqasi 19 yoshda bo‘lsa, undan ham yaxshi. “Chelsi” uchun xursandman, biroq mendan ko‘p narsani tortib olgan bir odam bor — “Chelsi” o‘sha vaqtdagi ustozi Villash-Boash. Uni hech qachon kechirmayman.

Uning davrida bir chap qanot, bir o‘ng qanot hujumida o‘ynardim. Bu tariqa rivojlanib bo‘lmaydi. Qaysidir paytda o‘zimni o‘yladim, shu sabab vaziyat haqida klubni ogohlantirdim.

Bilaman, Villash-Boash ham bosim ostida edi. Biroq aynan mana shuning uchun u men bilan bunday munosabatda bo‘lmasligi kerak edi. Di Matteo menga butkul boshqacha yondashdi. Bu ancha avvalroq sodir bo‘lishi kerak edi. To‘g‘ri, men avvalgi murabbiyni hali ham kechirganim yo‘q”, — deydi Lukaku.

2011-yilning yozida Villash-Boash “Chelsi” bosh murabbiyiga aylanadi. Portugaliyalik mutaxassis Lukakuni Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritmaydi. Omadsiz mavsumdan so‘ng Andre 2012-yilning martida iste’foga chiqariladi. Uning o‘rnini Roberto di Matteo egallaydi va mavsumni muvaffaqiyatli yakunlab qo‘yadi. Uning qo‘l ostidagi jamoa Chempionlar Ligasi va Angliya Kubogida g‘olib chiqadi. Lukaku esa YChL chempionligi unvonisiz qoladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют