» » Ziroat va Saida Mirziyoyevalar Sardobadagi toshqindan aziyat chekkan aholi bilan uchrashdi

Ziroat va Saida Mirziyoyevalar Sardobadagi toshqindan aziyat chekkan aholi bilan uchrashdi


21-may kuni Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori atrofidagi favqulodda vaziyat ro‘y bergan hududlarga tashrif buyurdi hamda suv toshqini bo‘lgan yerlardan evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar qilgan.

Ziroat Mirziyoyeva odamlarning ahvoli, salomatligi, vaqtinchalik yashash joylaridagi sharoit bilan tanishgan, ularga samimiy so‘zlar bilan dalda bergan.

“Tashqaridan tushkunlikka tushmang, bu kunlar o‘tib ketadi, deyish oson. Lekin hozir ichingizdan nima o‘tayotgani faqat sizga ma’lum! O‘g‘lim boshpanali bo‘lsin deb, o‘zingiz yemay, imorat ko‘targansiz. Qizimni to‘yiga deb, o‘zingiz kiymay, sarpo yiqqansiz. Hammasidan xabarimiz bor, ko‘rdik, eshitdik.

Eng muqaddas ayyomlardan – Hayit arafasida sizni yo‘qlashni, hech bo‘lmasa bir og‘iz so‘z bilan dalda bo‘lishni ko‘nglimga tugib qo‘ygandim. Keling, shunday tabarruk kunlarda duoga qo‘l ochib, ezgu niyat qilaylik. Bu musibatlar, mashaqqatlar tezroq ortda qolsin. Har biringiz oila davrasida halovat va xotirjamlikda yashang, ilohim. Alloh xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz yoningizda turamiz. Butun O‘zbekiston xalqi siz bilan! Prezidentimiz siz bilan!” — degan Ziroat Mirziyoyeva.

Tashrifda “Zamin” fondi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi e’lon qilindi. Ushbu loyiha Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11 ta zarar ko‘rgan mahallalarda istiqomat qilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Suv ostida qolgan hududlarni qayta tiklash va ulkan qurilish ishlari ketayotgan bir paytda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida yoshi 60 yoshdan oshgan barcha qariyalar 10 kun davomida poytaxtda va Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylashgan sihatgohlar va dam olish maskanlariga, 7 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif etiladi. Yaqin kunlarda taklifnoma-sertifikatlar o‘z egalariga yetkaziladi.

Karantin talablarini inobatga olgan holda, aksiyaning barcha ishtirokchilari oldindan COVID-19 test-tekshiruvidan o‘tkaziladi. Hamma xavfsizlik choralari ko‘riladi, deyilgan xabarda.

Saida Mirziyoyeva ham Sirdaryo viloyatidagi tashrif taassurotlari haqida Telegram’dagi kanalida post qoldirgan.

Oyimlar bilan Hayit bayrami arafasida Sirdaryo viloyatiga odamlarning holidan xabar olgani bordik. Shunda ajoyib bir voqea bo‘ldi.

6-7 yoshlardagi bolakay bilan suhbatlashyapmiz. ‘Nima bo‘ldi o‘zi, nima qildinglar o‘sha payt?’ ? deb savolga tutdim. ‘Ertalab vaqtli uyg‘onib ketdik. Qarasak, hamma yuguryapti, biz ham dadam bilan ko‘chaga yugurdik’, – deydi. Shu payt jajji, shiringina singilchasi gapga qo‘shildi, deng. Nigina ekan ismi. ‘Mening oq ayiqcham bor-ku, o‘sha uyda qolgan ekan, - deydi ko‘zlarini katta-katta ochib, — Men uni cho‘kib ketdi deb o‘ylab, rosa xafa bo‘ldim. Keyin dadam yo‘q bo‘lib qoldilar. Qidirib-qidirib, o‘yinchog‘imni topib keldilar. Ayiqcham qaytib keldi! Hozir uxlab yotibdi’.

Juda ta’sirlanib ketdim. Tasavvur qilyapsizmi?! Odamlarning ko‘ziga hech nima ko‘rinmay, har tomonga o‘zini urgan bir paytda Niginaning dadasi farzandim o‘ksib qolmasin deb, ortiga qaytgan.

Saida Mirziyoyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют