» » Bolalar smartfonlardan mahrum qilindi va portlash ovozidan uyg‘ondi. Ona ularga 1945-yildagi hayotni ko‘rsatishga qaror qildi

Bolalar smartfonlardan mahrum qilindi va portlash ovozidan uyg‘ondi. Ona ularga 1945-yildagi hayotni ko‘rsatishga qaror qildi


Angliyaning Sautgempton shahrida yashovchi Lorna Chizman oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish usulini topdi, deb yozadi Daily Mail.

Ayol o‘g‘li Uilyam va qizi Poppini 1945-yilga qaytarib, ularga unutilmas tarix darsidan saboq berdi.

Opa-uka ushbu tajribani eshitib boshida quvondi, keyin esa bundan qayg‘uga botdi.

“Men ularga boshqa televizor ko‘rmasligi, telefon va planshet o‘ynamasligini aytganimda Uilyam o‘n daqiqa yig‘ladi”, — deydi ona.

Ayol farzandlaridan gadjetlarni olib qo‘ydi, televizor tomosha qilishni taqiqladi, ularni o‘tgan asrdagi uslubga xos kiyintirdi.

Bolalar videoo‘yinlar o‘ynab o‘tirish o‘rniga bog‘da ishlashga, ovqat tayyorlash va uy tozalashga jalb etildi.

Bundan tashqari, Lorna oilaning ovqatlanish ratsionini ham o‘zgartirdi. Odatiy chipslar, shokoladli batonlar hamda boshqa zamonaviy yeguliklar o‘rnini urush payti taomlari egalladi.

Bolalar urush payti kitoblaridagi retseptlar asosida taom tayyorladi. Masalan, dimlangan go‘sht yoki piyoz va qiyma solingan pirog. Bu juda to‘yimli va mazali.

Chizman oilasi a’zolari o‘tmishdagi hayot tarzini boshdan kechirdi. Lornaning turmush o‘rtog‘i uyga buvisi o‘ynagan stol o‘yinini olib keldi.

40-yillar atmosferasiga to‘laqonli ravishda moslashishning iloji bo‘lmadi, chunki er-xotin ishlardi.

O‘sha vaqtlarning atmosferasini maksimal darajada his ettirish uchun er-xotin bir kuni bolalarini sirena va portlash ovozi bilan uyg‘otdi.

Uilyam va Poppi nima bo‘layotganini tushunmay turgan paytda ota-ona bomba uchib kelayotgandek himoyalanish uchun stol ostiga kirib, yerga yotib oldi.

Chizmanning aytishicha, 2020-yilda yashayotganiga qaramay, 1945-yildan ayrim saboqlarni oldi hamda ularni hayotga tatbiq etadi.

“1940-yilda hayot hozirgidek tinch bo‘lmagan. Endilikda biz bir-birimiz uchun ko‘proq vaqt topishga harakat qilamiz”, — deydi ayol.

Tajriba yakunlanganidan eng ko‘p bolalar quvondi, ularga sevimli gadjetlari qaytarib berildi.

Boshqa qiziqarli xabarlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют