» » Buxoro viloyati ham koronavirusdan xoli hududga aylandi

Buxoro viloyati ham koronavirusdan xoli hududga aylandi


Buxoro viloyatida 2, Samarqand viloyatida 24, jami 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor 22-may kuni tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida reabilitatsiyaga kuzatilgan 2 nafar inson hozircha ushbu hududdagi koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemorlar sanaladi. Ikkisi ham Buxoro shahridan va koronavirus infeksiyasini bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Biri 53 yoshdagi ayol bo‘lsa, ikkinchisi esa 6 yoshli qizaloq ekani aytilgan.

Viloyatda 442 nafar kasallanish holati qayd etilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning barchasi butunlay sog‘aydi.

Shunday qilib, Buxoro viloyati ham Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlaridan so‘ng COVID-19’dan xoli hududlar safiga qo‘shildi.

Samarqand viloyatida sog‘ayganlarning 11 nafari erkak, 13 nafari esa ayollardir, ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Shuningdek, tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (8 nafari Samarqand shahridan, 5 nafari Oqdaryo tumanidan, 4 nafari Samarqand tumanidan, 2 nafardan Payariq va Ishtixon tumanlaridan, 1 nafardan Toyloq, Pastdarg‘om va Jomboy tumanlaridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 2019-yilda tug‘ilgan.

Samarqand viloyatida shu paytga qadar 178 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 202 nafarga yetdi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2412 nafarni tashkil qilayotgan edi. Endilikda ular soni 2438 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 22-may soat 10:00 holatiga ko‘ra 3006 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют