» » “Borussiya M” stadioniga muxlislar o‘rniga ularning suratlari aks etgan 12 ming maneken joylashtirildi (foto+video)

“Borussiya M” stadioniga muxlislar o‘rniga ularning suratlari aks etgan 12 ming maneken joylashtirildi (foto+video)


Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasi uy stadioni o‘rindiqlariga 12 ming nafar muxlis surati aks etgan qog‘oz manekenlarni joylashtirib chiqdi.

Jamoa Bundesliga 27-turida 23-may, shanba kuni o‘z maydonida “Bayer”ni qabul qiladi.

Har bir muxlis 19 yevro evaziga “Sei dabei. Trotzdem” (“Nima bo‘lganda ham, shu yerda bo‘ling” aksiyasi doirasida tribunadan o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, hozirda 20 mingdan ziyod buyurtma kelib tushgan.

Avvalroq “Borussiya M”ning faol muxlislari tomonidan mazkur o‘ziga xos aksiya boshlangani va uni klub qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar berilgandi.  Klub rahbariyati mavsum qayta boshlangunga qadar 54 ming sig‘imlik stadionni to‘ldirishga umid qilgandi.

??????????????COMPLETAMENTE LLENO!
El BORUSSIA PARK, estadio del M?nchengladbach, ha cubierto las GRADAS con FOTOS de sus AFICIONADOS. (V?a The Sun) pic.twitter.com/E2IRJ1Ln6v

— ChiringuitoChampions (@chirichampions) May 16, 2020

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiya sabab mart oyida to‘xtab qolgan Bundesliga bahslari 16-may kunidan davom ettirilmoqda. Uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tmoqda.

Mavzuga doir: “Bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz”. “Kyoln” stadioni o‘rindiqlari muxlislar liboslari bilan to‘ldirildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют