» » Pokistonda samolyot quladi. Uning bortida 107 kishi bo‘lgan

Pokistonda samolyot quladi. Uning bortida 107 kishi bo‘lgan


Pokistonda Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus А320 yo‘lovchi samolyoti quladi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, Meduza xabar berdi.

Layner Laxor shahridan Karachi shahriga reysni amalga oshirayotgan edi. Ma’lum qilinishicha, samolyot Karachi shahri aeroporti yaqinida, qo‘nishga bir daqiqa qolganda yerga qulagan.

Qurbonlar haqida hozircha hech narsa ma’lum emas. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 107 kishi bo‘lgan.

Samolyot qulagan hududga qutqaruvchilar va harbiylar yo‘l olgan. Guvohlar tomonidan olingan videolarga ko‘ra, samolyot aholi yashaydigan hudud yaqinida qulagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют