» » AQSh koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 mln dollar ajratadi

AQSh koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 mln dollar ajratadi


COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar doirasida AQSh hukumati Taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratadi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, shu tariqa AQSh hukumatining O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ko‘rsatgan bevosita yordami 5,92 million dollarni tashkil etmoqda. Buning taxminan 3,8 millioni esa USAID hissasiga to‘g‘ri keladi.

USAID ushbu qo‘shimcha mablag‘ni koronavirusga qarshi kurash va uni nazorat qilishda laboratoriyalar hamda sog‘liqni saqlash xodimlari imkoniyatini kengaytirishni davom ettirishga sarflaydi.

“COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, USAID mamlakat iqtisodini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni kuchaytirish, salomatlikka jiddiy xavflarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirishda hukumat imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda ish olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining oxirida AQSh O‘zbekistonga koronavirus tarqalganda ishlatilishi uchun mo‘ljallangan 600 to‘plam shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bergan edi. 17-mart kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirgandi. 2-aprel kuni esa USAID O‘zbekistonga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘shimcha ko‘mak berishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek, AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19’ga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratgan 6,8 million dollardan 2,07 million dollari O‘zbekistonga berilishi ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют