» » Masofadan turib boshqariladigan elektrosamokat yaratildi

Masofadan turib boshqariladigan elektrosamokat yaratildi


AQShda xuddi taksi kabi mijozlarning oldiga o‘zi borishi mumkin bo‘lgan samokatlarni ijaraga berish boshlandi, deb yozadi The Verge.

Ko‘plab yirik shaharlar elektrosamokatlar ijarasiga o‘rganib qolgan. Yaqin atrofda turgan samokatni ijaraga olish, uning yordamida kerakli manzilga yetib borib, boshqa bir mijoz undan foydalanguniga qadar tashlab ketish mumkin. Amerikaning Go X servisi samokatlar ijrasini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur servis taksi prinsipida ishlaydi — mobil ilovani ochish va buyurtmani rasmiylashtirish kerak, shunda samokatning o‘zi masofadan turib boshqarilish hisobiga mijozning oldiga keladi. Samokatlar 3 ming kilometr uzoqlikda — Mexikodagi ofisda o‘tirgan maxsus xodimlar boshqaradi.

Operatorlar masofadan turib kamera va datchiklar o‘rnatilgan elektrosamokatlarni internet orqali boshqaradi — bunda oddiy Xbox o‘yin konsolidagi geympaddan foydalaniladi. Samokat chidamli bo‘lishi uchun unga qo‘shimcha g‘ildirak o‘rnatilgan.

Tajriba doirasida Go X servisi hozirda 100 ta elektrosamokatni Atlanta shahri yaqinida joylashgan Peachtree Corners biznes-bog‘ida masofadan boshqarmoqda.

Kelajakda bu turdagi elektrosamokatlarni to‘liq avtonom qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bu samokatlarni yig‘ib, quvvatlantirish bilan bog‘liq muammoni ham hal qiladi. Avtomatik boshqariluvchi samokatlarning quvvatlanish va ta’mir uchun o‘zi stansiyaga kela oladi.

Mavzuga doir: Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali 30 km yura oladigan yangi elektrosamokat taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют