» » Rossiyada bir sutkada 8894 kishi koronavirusga chalindi, bemorlarning 150 nafari vafot etdi

Rossiyada bir sutkada 8894 kishi koronavirusga chalindi, bemorlarning 150 nafari vafot etdi


Rossiyada so‘nggi sutkada 8 894 kishi koronavirusga chalingani qayd etildi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 45 kishiga ko‘pdir.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 326 448 kishi koronavirusga chalindi.

So‘nggi sutkada kasallanganlarning eng ko‘pi Moskva (2 988 nafar), Moskva viloyati (884 nafar), Sankt-Peterburg (389) shaharlarida aniqlangan.

Shuningdek, sutka davomida 150 nafar bemor, umumiy hisobda esa 3 249 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. Kasallanganlarning 7 144 nafari tuzalib, ularning umumiy soni 99 825 nafarga yetgan.

Mamlakatda 3 kundan buyon kasallanganlar soni 9 ming kishidan oshmayapti. 21-may kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha 8 849 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 20-mayda 8 764 ta holat aniqlangan.

Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, 21-may kuni dunyoda virus yuqtirganlar soni 5 million kishidan oshib ketgan. Worldometer servisida esa bu ko‘rsatkich 20-may kuni qayd etilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirusga qarshi 47 ta vaksina ishlab chiqilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют