» » Samarqandda aholi orasida yana 11 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni O‘zbekiston bo‘yicha 3028 nafarga yetdi

Samarqandda aholi orasida yana 11 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni O‘zbekiston bo‘yicha 3028 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 22-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 22 kishiga ko‘payib, 3028 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 11 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 11 nafari esa aholi orasidan qayd etildi.

Karantinda bo‘lgan fuqarolarning 6 nafari chet etdan kelgan, 5 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.

Aholi orasidan aniqlangan holatlarning barchasi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

“Ayni paytda yurtimizda 2463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 552 nafar bemor davolanmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют