» » Ed Shiran Angliyadagi rieltorga 70 million dollar naqd pul to‘lab, 27 ta ko‘chmas mulk sotib oldi

Ed Shiran Angliyadagi rieltorga 70 million dollar naqd pul to‘lab, 27 ta ko‘chmas mulk sotib oldi


Britaniyalik taniqli xonanda o‘tgan yilning avgustida o‘tkazgan konsertlaridan rekord darajadagi — 775 million dollar daromad ko‘rgan hamda chegaralanmagan vaqtga dam olishga ketgan edi.

Hello nashrining yozishicha, konsertdan tushgan barcha pullar Edning sof foydasi hisoblanadi. Hozirda xonandaning daromadi 200 million funt sterlingga (243 million dollar) baholanadi.

Shiran o‘zining ko‘p sonli uylaridan birida oilasi bilan dam olmoqda. Xonanda Saffolk, Kensingtondagi uylar va Londonning turli tumanlaridagi xonadonlar hammasi bo‘lib 27 ta ko‘chmas mulkka egalik qiladi.

Qayd etilishicha, Ed shuncha uyning hammasini naqd pulga sotib olgan va ular uchun 57 million funt sterling (70 million dollar) to‘lagan.

“Aksariyat mashhurlar bunday ko‘chmas mulkni ipoteka olib xarid qiladi. Biroq Edning puli shu qadar ko‘pki, u katta xaridlarni ham naqd pulda amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Gollivud yulduzlarining qimmatbaho uylari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют