» » PSJ tarbiyalanuvchisi Jordan Diakise vafot etdi. U 24 yoshda edi

PSJ tarbiyalanuvchisi Jordan Diakise vafot etdi. U 24 yoshda edi


PSJ klubi tarbiyalanuvchisi Jordan Diakise 21-may kuni 24 yoshida vafot etdi.

Bu haqida “Furiani Alyani” havaskor klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Futbolchi 2019-yilning yozidan buyon mana shu klub safida o‘ynab kelayotgandi.

Klub bayonotida Diakise har doim kulib turadigan, xushchaqchaq yigit ekani va uning o‘limi jamoadagilarga kuchli zarba bo‘lgani ta’kidlangan. O‘limga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.

Futbolchi 2012—2015-yillar oralig‘ida PSJning turli xil yosh toifasidagi jamoalarida o‘ynagan. 2017 va 2018-yillari Jordan Shveysariyada to‘p surdi, keyin Xorvatiyada bir yil harakat qildi. Shuningdek, u Fransiya U-20 terma jamoasida ham o‘ynagan.

Mavzuga doir: “Atletiko”ning 14 yoshli futbolchisi vafot etdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют