» » “Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar”. Prezident hokim har bir kambag‘al oila muammolarini bilishi kerakligini ta’kidladi

“Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar”. Prezident hokim har bir kambag‘al oila muammolarini bilishi kerakligini ta’kidladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlari tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Andijon viloyatida 40 mingdan ziyod muhtoj oilalar borligi, sanoat loyihalari, qishloq xo‘jaligi va tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga ularga daromad manbai yaratish zarurligi ta’kidlangan.

“Bosh vazir o‘rinbosarlari, hokimlar va sektor rahbarlari har bir kambag‘al oila muammolarini aniq bilishi, ular bilan manzilli ishlashi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Endi har bir sektorda “Kambag‘allikni qisqartirish shtabi” tashkil etilishi belgilandi. Bu shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktiriladi. Ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Soliq idoralari tekshiruvchi emas, soliqchiga ko‘makchi bo‘ladi.

Statistik raqamlar bilan shu paytgacha to‘g‘ri yo‘nalish qilib bo‘lmadi, xalqimiz manfaat ko‘rmadi. Takliflar tumanlardan, odamlarning o‘zidan chiqishi kerak.

Vazirlar, rahbarlar kabinetda emas, hududlarda, uzoq qishloqlarda ishlashi zarur. Shunday og‘ir sharoitda fidoyi bo‘lmagan rahbar — xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar.

Davlat idorasi vakili xalqqa qancha yaqin bo‘lsa, joylarda shuncha natija bo‘ladi, adolat mezoni ta’minlanadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev barchani Ramazon Hayiti bilan muborakbod etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют