» » Andijonda 2020-yilda 42 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan

Andijonda 2020-yilda 42 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-may kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda yangi korxonalar tashkil etish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020-yilda 789 ta loyiha bo‘yicha 7 trillion so‘m investitsiya o‘zlashtirilib, 42 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

To‘qimachilik yo‘nalishida umumiy qiymati 106 million dollar bo‘lgan 13 ta loyiha amalga oshirilib, ip-kalavani qayta ishlash darajasi 78 foizga yetkaziladi, 278 million dollarlik eksport ta’minlanadi.

Qurilish materiallari tarmog‘ida 2020—2021-yillarda 74 loyiha samarasida 106 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“Oilaviy tadbirkorlikka 353 milliard so‘m kredit, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 20 million dollar ajratilishi belgilandi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Yig‘ilishda bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholini soliqdan ozod qilingan 60 dan ortiq turdagi kasbga o‘qitish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют