» » O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Sirdaryodagi tiklash ishlari uchun 100 mln dollar ajratadi

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Sirdaryodagi tiklash ishlari uchun 100 mln dollar ajratadi


O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qaytarib bermaslik sharti asosida davlat budjetiga 100 million dollar mablag‘ ajratadi. Bu mablag‘ Sirdaryodagi suv toshqini oqibatida jabrlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan qaytarib bermaslik sharti asosida davlat budjetiga 100 million dollar ekvivalentidagi mablag‘lar ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:

Vazirlar Mahkamasiga o‘n kun muddatda Prezident Administratsiyasiga O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida Mudofaa va huquq tartibot organlarning tadbirlari uchun ko‘zda tutilgan jami 1,15 trillion so‘mgacha bo‘lgan budjet mablag‘larini optimizatsiya qilish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Optimizatsiya qilingan mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltiriladi:

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar hamda ijtimoiy soha obyektlariga elektr tarmoqlari, tabiiy gaz quvurlari va aloqa tarmoqlarini tortish ishlari tegishli “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zbektelekom” AK mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi suv toshqini oqibatlarini bartarif etish uchun kamida 1,5 trillion so‘m kerak bo‘lishi mumkin. Jabrlangan aholi uchun qurilishi rejalashtirilgan 66 ta ko‘p qavatli uyni qurishga 950 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Buxoro viloyatidagi kuchli shamol oqibatida yetkazilgan talafotlar zarari 141,6 milliard so‘m miqdorida baholanmoqda.

Mavzuga doir: Alisher Usmonov ajratgan 10 mln dollar suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga Ramazon Hayitigacha tarqatiladi

Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, shu kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan 4,5 mingdan ortiq xonadon egalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikati, maishiy texnika to‘plami uchun sertifikat va ichida pul mablag‘i bo‘lgan bank kartochkalari tarqatilishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют