» » Andijonda 21 yoshli talaba qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan tibbiy markazni ishga tushirdi

Andijonda 21 yoshli talaba qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan tibbiy markazni ishga tushirdi


Andijon davlat tibbiyot institutining ikkinchi kursida o‘qiydigan 21 yoshli Jasurbek Qo‘chqorov rahbarligida Andijon shahrida Fetus Medicine davolash va diagnostika markazi ish boshladi, deya xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati.

Xabar berishlaricha, markazda xotin-qizlarga ginekologiya, dermatologiya, fizioterapiya, UZI, EKG, qon va siydik tahlillari bo‘yicha xizmat turlari taklif etiladi.

“26 nafar malakali shifokor va hamshiralar faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu maskanda bemorlar statsionar va ambulator sharoitida davolanishlari mumkin”, — deyiladi viloyat hokimligi axborotida.

Qayd etishlarichA, 1,125 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod bo‘lgan muassasada “kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga bepul xizmat ko‘rsatiladi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют