» » Toshkentda MIB xorij korxonasiga qariyb 350 mln so‘mlik qarzdorlikni undirib berdi

Toshkentda MIB xorij korxonasiga qariyb 350 mln so‘mlik qarzdorlikni undirib berdi


Toshkentda Majburiy ijro byurosi tomonidan qariyb 350 million so‘m miqdoridagi mablag‘ Laintex Veterani, S.A. foydasiga to‘liq undirildi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2018-yil 19-noyabrdagi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor “Uzzovetta’minotxizmat”dan undiruvchi Laintex Veterani, S.A. foydasiga jami 37,8 ming yevro miqdorida qarz undirish haqidagi ijro ishi 2020-yil 11-mart kuni Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga olingan.

Bo‘lim davlat ijrochisi X.Alibekov tomonidan mazkur ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunnining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan va tomonlar xabardor qilingan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi, asosiy vositalar ro‘yxati, nizom jamg‘armasi, debitor ro‘yxati, ta’sis hujjatlari to‘liq o‘rganilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan barcha hisob raqamlar va boshqa moddiy qiymatliklarga tegishli tartibda band solingan. “Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining qarzdorga qarzdorlikni bartaraf etishi yuzasidan qonuniy tushuntiruvi davomida qarzdor barcha huquq va majburiyatlarini to‘liq anglab, qarzdorlikni tez fursatlarda bartaraf etdi”, — deyiladi xabarda.

19-may kungi to‘lov topshiriqnomasiga asosan, 37,8 ming yevro miqdoridagi qarz mablag‘lari so‘mdagi qiymatda hisoblanilib, 349 million 716 ming so‘m miqdorida undiruvchi Laintex Veterani, S.A. foydasiga to‘liq undirildi. Shuningdek, qarzdor korxonaga nisbatan solingan mavjud cheklovlar darhol bekor qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют