» » UNESCO: Dunyodagi muzeylarning 13 foizi karantindan so‘ng qayta ochilmasligi mumkin

UNESCO: Dunyodagi muzeylarning 13 foizi karantindan so‘ng qayta ochilmasligi mumkin


UNESCO va Xalqaro muzeylar kengashi tadqiqotlariga ko‘ra, hozirgi kunda jahon muzeylarining 90 foizi yopiq, biroq cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng ham ularning hammasi ochilmasligi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, muzeylarning 13 foizi butunlay yopilishi mumkin.

Hozir aksariyat muzeylar onlayn-kontent taklif etmoqda, biroq buning hamma hududda ham imkoni yo‘q: Masalan, Afrikada faqat 5 foiz muzeylar raqamli formatga o‘tgan.

UNESCO jamoatchilikni madaniy muassasalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga chorladi. “Muzeylar jamiyat barqarorligida muhim rol o‘ynaydi. Biz ularga ushbu inqirozni yengishga yordam berishimiz kerak. Yuzaga kelgan vaziyat bizga insoniyatning yarmi raqamli texnologiyalardan foydalanish imkonidan mosuvo ekanligini anglashimizga yordam berdi. Biz hammaning madaniyatdan bahra olishiga sharoit yaratishimiz kerak, ayniqsa chekka hududlarda yashovchi aholiga ko‘maklashishimiz kerak”, — deydi UNESCO bosh direktori Odri Azulay.

Mavzuga doir: “Yulduz”ga aylangan muzeylar. Jahonning eng mashhur muzeylari haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют