» » O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili AQSh elchisi bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili AQSh elchisi bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev 20-may, chorshanba kuni AQSh elchisi Daniyel Rozenblyum bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik holati va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, shuningdek, Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda turli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining oxirlarida Ismatulla Ergashev Xitoy elchisi bilan Afg‘oniston muammosini hal etish masalalarini muhokama qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют