» » Marhum aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi: Gavhar Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi derdi (video)

Marhum aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi: Gavhar Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi derdi (video)


“Opa-singillar”, “Gulxan atrofidagilar”, “Alpomish” kabi filmlaridagi rollari bilan mashhurlikka erishgan, 2019-yilning oxirida baxtsiz hodisa tufayli olamdan o‘tgan aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi Dilorom Sharipova “Daryo” nashriga intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Dilorom Sharipova qizining bolaligi, aktrisa bo‘laman deb qilgan harakatlari, “imtihondan qizimni yiqitib yuboringlar”,  deya institut o‘qituvchilariga qilgan iltimosi haqida gapirib berdi.

Gavhar qizim bog‘chaga borgan vaqtlaridan, uch yoshlaridan turli yupkachalarni kiyib, aktrisa bo‘laman der edi. ‘Bunday dema-ey, aktrisa bizni zotimizda yo‘q’, derdim. Maktabda ham juda yaxshi o‘qigandi. Ayniqsa ustozlari Gavhar tomonidan tashkillashtirilgan so‘nggi qo‘ng‘iroqni, har bir o‘qituvchisiga she‘r yozganini hozirgacha eslashadi.

‘Menga oq fotiha bering, men san‘at institutiga kiraman’,— deganida, ‘jonim bolam, seni otasiz katta qildim, o‘zbekchilik, odamlar aktrisa bo‘lib ketibdi’,— deb gapirishadi, desam, ‘Sora Eshonto‘rayeva yetti yoshimda sen sahna uchun tug‘ilgansan, aktrisa bo‘lasan, degandilar, hamma tomonlama qobilyatim yetarli, baribir aktrisa bo‘laman’ degandi.

Institutga hujjatlarini topshirganida ham, ijodiy imtihon oladigan ustozlariga ‘aylanay sizlardan, Navoiydan kelgan Sharipova Gavharni imtihondan yiqitib yuboringlar’ deb iltimos qildim. Imtihonda uning mahoratini ko‘rgan ustozlari, yonimga kelib, ‘qizingiz sahna uchun tug‘ilgan ekan-ku, hali u mashhur aktrisa bo‘lib ketadi, bizni duo qilib, rahmat aytib yurasiz’ deyishgan edi. Gavhar yuqori natijalar bilan o‘qishga kirgan edi.

Birinchi marta Rashid Xoliqovning video klipida suratga tushgandi. Keyin ‘Alpomish’ filmiga, ‘Otalar so‘zi’ dasturida suratga tushib yurdi. Teatrda juda ko‘p spektakllarda rollar o‘ynadi. ‘Gulxan atrofidagilar’ filmida ham juda chiroyli rol ijro etgan.

Keyinroq ‘Opa-singillar’ serialiga taklif qilishgan ekan. Bir kun telefon qilib, ‘falon kuni ‘Opa-singillar’ning birinchi fasli ketadi, ko‘ringlar, faqat yig‘lamanglar’ dedi. ‘Opa-singillarni’ yig‘lab-yig‘lab ko‘rdik.

‘Opa-singillar’ serialidan keyin ishi o‘xshamadimi, dugonasi Moskvaga chaqirgan edi, keyin u yerga ishlashga ketdi. Moskvadan uyga kelganida, ‘Navoiyda qol’, desam, ‘men Navoiyda yashay olmayman, meni ijodim Toshkentda, Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi’ degandi.

Hammamizga mehribon edi, ‘ishlarim yaxshi bo‘lib ketsa Toshkentdan uy olaman, sizni olib ketib shifokorlarga ko‘rsataman, siz yig‘lamang, hammasi yaxshi bo‘ladi, onajon’ derdi.

Bolajonimdan ayrilib qoldim. Meni bolam keng dunyoga sig‘may ketdi.

Dilorom Sharipova, aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi

Ma‘lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, “Aldangan ayol”, “Go‘zallik siri”, “Alpomish”, “Gulxan atrofidagilar”, “Sarvinoz” kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

Aktrisa Gavhar Sharipova 2019-yilning 19-noyabr kuni Samarqand—G‘uzor avtomobil yo‘lida, Isuzu yuk mashinasida kelayotganda, mazkur yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgan, shundan so‘ng aktrisa 140 kilometr tezlikda yurib ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют