» » Shavkat Mirziyoyev Andijonda qurilayotgan yangi uylardagi qurilish sifatini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Andijonda qurilayotgan yangi uylardagi qurilish sifatini tanqid qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may, juma kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi ko‘p qavatli uylar qurilishini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Andijon viloyati aholisi mamlakatimiz nufusining 10 foizini, hududi esa 1 foizini tashkil etadi. Shu bois shahar yaqinidagi adir joylarda ko‘p qavatli uylar qurish, shu orqali aholining tobora o‘sib borayotgan talabini qondirish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Xo‘jaobod tumanining Ittifoq massivida 35 ta uy qurilmoqda. Ular Andijon shahri, Andijon, Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlaridagi uy-joyga muhtoj oilalarga berilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida qurilgan 7 va 16 qavatli yangi uylarni borib ko‘rdi (foto)

Shuningdek, bu yerda maktab, tikuvchilik sexi, sport kompleksi bunyod etilmoqda.

Davlat rahbari qurilish ishlaridagi kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Bunday joylarda uylar bunyod etish mamlakatda yangi tajriba ekanini, ularni xalqaro standartlar asosida pishiq, sifatli qurish zarurligini ta’kidladi.

Loyihani takomillashtirish, aholiga qulay transport yo‘nalishlari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga safari yakuniga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют