» » Internetda Samsung Galaxy Note20 dizaynining suratlari paydo bo‘ldi

Internetda Samsung Galaxy Note20 dizaynining suratlari paydo bo‘ldi


Twitter’dagi Xleaks7 nikli insayder CAD-chizmalari asosida yaratilgan yangi Galaxy Note20’ning suratlari bilan bo‘lishdi. Qurilma konstruksiyasi jihatidan oddiy Galaxy S20’ga o‘xshaydi.

Galaxy Note20 ham kameralari burchakda joylashgan dizaynga ega bo‘ladi — faqat bo‘rtib chiqadigan model biroz massivlashgan. Bazaviy flagman frontal kamera teshigiga ega yupqa displey bilan jihozlanadi, yon tomonlarga egilgan ekran esa Note20+ versiyasida, xuddi 2019-yilgi lineykadagi kabi bo‘ladi.

Galaxy Note20’ning eski modellardan yagona farqi — S Pen stilusi chap tarafda joylashganida.

Galaxy Note20 haqida hozircha batafsil ma’lumotlar yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, qurilmaga Snapdragon 865 / Exynos 990 protsessori o‘rnatiladi, kameralari va displeyi biroz yaxshilanadi. Umuman olganda bu stilusga ega yaxshilangan Galaxy S20 flagmani bo‘lib, biroz qimmatroq narxda sotuvga chiqadi. Agarda kompaniya o‘z an’analarini o‘zgartirmasa, taqdimot avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: Samsung harbiylar uchun Galaxy S20 Tactical Edition smartfonini taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют