» » Tojikistonga COVID-19’ga qarshi kurashish uchun yuborilgan tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga qaytdi

Tojikistonga COVID-19’ga qarshi kurashish uchun yuborilgan tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga qaytdi


Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda Tojikistonga yordam berish maqsadida kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolashda katta tajriba va malakaga ega bir guruh shifokorlar qo‘shni respublikaga yo‘l olgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning O‘zbekistonga qaytganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, mutaxassislar ishtirokida Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari hamda shifokorlari ishtirokida qator anjumanlar tashkil etilgan, ularda O‘zbekistondagi epidemik vaziyat va kasallikning oldini olishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va shifoxonalarda zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish tartib-qoidalari bo‘yicha master-klass mashg‘ulotlari ham o‘tkazilgan.

O‘zbekistondan borgan anesteziolog-reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, infeksionist, virusolog kabi mutaxassislar tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda qator tavsiyalar ishlab chiqdi va shu asosda samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha respublikadagi vaziyatni o‘rganish, zarur bo‘lganda, qo‘shimcha chora-tadbirlarni rejalashtirish va og‘ir bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida markaziy guruh tashkil etilgan. Tojikistonda aholi tomonidan koronavirus infeksiyasi bo‘yicha tushgan murojaatlarni zudlik bilan ko‘rib chiqish va hal etish uchun O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mobil kompaniyalar orqali aholini koronavirus kasalligidan himoya qilish maqsadida tizimli ravishda SMS targ‘ibot ishlari boshlangan.

Mavzuga doir: 

Bundan tashqari, tashrif doirasida Tojikiston SSV, viloyat, tuman davolash profilaktika muassasalarining rahbarlari va yuqumli kasalliklar shifoxonalarining mutaxassislari ishtirokida qator onlayn videomuloqotlar o‘tkazilgan.

Tojikistonda bo‘lib qaytgan tibbiy guruh tarkibidagi 8 nafar tibbiyot xodimi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mavzuga doir: 

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Tojikistonga shifokorlar guruhini 8-mayda jo‘natgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют