» » “Yil jinoyati”. Rasul Kusherbayev drondan ruxsatnomasiz foydalangan operator jinoiy javobgarlikka tortilganiga munosabat bildirdi

“Yil jinoyati”. Rasul Kusherbayev drondan ruxsatnomasiz foydalangan operator jinoiy javobgarlikka tortilganiga munosabat bildirdi


Andijondagi “Registon” sayilgohida drondan ruxsatnomasiz foydalanib, klip olmoqchi bo‘lgan operatorga uch yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangani, biroq tegishli moddalarga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosi almashtirilib, bir yil sinov muddati belgilangani xabar berilgandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev operatorning qonunbuzarligini kinoyali ravishda “yil jinoyati” deb atadi. U O‘zbekiston qonunchiligida arzimagan harakatlar uchun ham shartta jinoiy javobgarlikka tortish holatlari haliyam borligini afsus bilan ta’kidladi.

“To‘g‘risi, Andijon shahridagi ‘Registon’ saylgohida drondan ruxsatnomasiz foydalanib, klip olmoqchi bo‘lgan operatorning salkam ‘yil jinoyatchisi’ga aylanib qolgani haqida o‘qib, na kulishni, na yig‘lashni bilmaysan. Sababi har qanday harakatning huquqiy oqibatiga qarab javobgarlik belgilanishi kerak”, — degan u.

Deputat shu kunga qadar drondan foydalanishning jamiyat va davlat uchun qanday og‘ir oqibat olib kelishi mumkinligini tushunmasligini ta’kidlagan. “Ruxsat olsa xavfsiz, ruxsat olmasa xavfli. Xuddiki, avtomobillar ‘tonirovka’si kabi: pulini to‘lasang xavfsiz haydovchisan, to‘lamasang xavfli haydovchi”, — deydi u.

Rasul Kusherbayev Toshkentda Yangi yil kechasi uchirilgan “dronlar shousi” davlat va jamiyat uchun hech qanday xavf tug‘dirmaganini eslatib o‘tdi.

“Klip olish uchun drondan foydalanishning oqibati ham o‘sha ‘dronlar shousi’ kabi baholanishi kerak. Chunki mohiyatan bitta holatga ikkita ko‘z bilan qo‘shstandart uslubida qarash adolatsizlik, deb tushuniladi”, — deydi deputat.

Uning fikricha, bu kabi jazolarni jinoyat qonunchiligidan butunlay chiqarish va nari borsa ma’muriy tartibdagi javobgarlikka o‘tkazish kerak. “Bu gapim mantiqsiz ‘tonirovka’ chekloviga tegishlimas, uni butunlay bekor qilish kerak”, — dedi Kusherbayev.

Shu bilan birga, dron masalasida javobgarlikni jinoyat darajasida belgilashda deputatlarning hissasi kattaligini, chunki qachonlardir istar-istamay bunga ovoz berganlarini tan olgan. “Biroq o‘sha vaqtning talabi va zarurati nima bilan bog‘liq bo‘lganini hozir bilmayman. Bugun esa bu — bugun”, — deya so‘zlarini yakunlagan u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2015-yil 1-yanvardan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgan. Faqat ruxsatnomasi bor alohida yuridik shaxslargina dronlardan foydalanishi mumkin.

2018-yil may oyida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar, xususan, dronlarni olib kirishga vaqtincha ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют