» » Toshkentdan chiqib ketayotgan 24 yoshli fuqaroning avtomobilidan qurollar topildi

Toshkentdan chiqib ketayotgan 24 yoshli fuqaroning avtomobilidan qurollar topildi


2020-yilning 19-may kuni Sergeli tumanidagi “A.Turbonov” YPX postida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari shahardan chiqib ketayotgan Nexia avtomobilini tekshirganda, uning salonidan sovuq qurol va to‘pponcha topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 19-may kuni soat 21:30 atrofida shaharni tark etayotgan Nexia rusumli avtomobil YPX postida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari e’tiborini tortgan.

Mashina to‘xtatilganda haydovchining o‘zini tutishi xodimlarda shubha uyg‘otgan. Bu esa avtomobilni yaxshilab tekshirishga sabab bo‘lgan. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda metall kastet va to‘pponchaning “Pugach” deb ataladigan turi topilgan. Mazkur qurollar avtoulov haydovchisi, Shayxontohur tumanida yashovchi 24 yoshli S.A.ga tegishli ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha tekshirishuvni davom ettirish va qurollar egasining maqsad va niyatlarini aniqlash uchun S.A. ashyoviy dalillar bilan birga Sergeli tumanidagi 4-son IIBga keltirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют