» » Toshkentda karantin qoidalarini buzib, iftorlik o‘tkazgan kafe yopildi

Toshkentda karantin qoidalarini buzib, iftorlik o‘tkazgan kafe yopildi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan ?sk?dar kafesi joriy qilingan cheklovlarga qaramay yashirin tarzda faoliyatini davom ettirgani aniqlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 20-may kuni Ichki ishlar boshqarmasi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan ?sk?dar kafesida tekshiruv o‘tkazilganda mazkur kafe joriy qilingan karantin cheklovlariga qaramay o‘z faoliyatini yashirin ravishda davom ettirgani aniqlangan.

Tekshiruv tadbirlari vaqtida kafeda iftorga yig‘ilgan, taxminan, 30 kishi, xususan, 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 17 nafar xorij fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek, alohida xonada namoz o‘qish va boshqa diniy marosimlarni o‘tkazish uchun sharoitlar tayyorlangani aniqlangan.

Karantin tadbirlari buzilish holati yuzasidan sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan kafe rahbariyatini ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli bayonnoma tuzilgan. Kafening o‘zi esa belgilangan tartibda sud jarayonlari tugaguniga qadar muhrlab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6-mayda e’lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha axborotida karantin cheklovlari 2020-yil 8-mayidan boshlab uchta toifaga (“qizil”, “sariq” va “yashil”) kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilangan. Umumiy ovqatlanish yo‘nalishidagi obyektlarning mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berish uchala toifadagi hududlarga ham tatbiq etilmagan.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-maydan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Unda ovqatlanish shoxobchalari kiritilmadi.

Prezident Shavkat Mirziyeyov 13-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida epidemiologik vaziyat tufayli cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib borilayotganiga qaramay hamon karantin tartibi amalda ekanini ta’kidlagan edi.

Avvalroq Toshkentda karantin cheklovlari hali to‘liq olib tashlanmaganiga qaramay umumiy ovqatlanish sohasida “Qanotchi” restorani tomonidan yetkazib berish xizmatidan tashqari mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatish, ya’ni odamlarning restoranga kelib ovqatlanishi holatlari kuzatilgani xabar berilgandi. Poytaxt hokimligi restoran tajriba tariqasida ishga tushirilganini bildirgan, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi esa “Qanotchi”ning tajriba tariqasida ochilganini rad etgan.

Ayni paytda restoran  faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Uning rahbariga nisbatan sud qarori bilan chora ko‘rilishi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: Toshkent shahar IIBB: “Ayrim fuqarolar sanitariya-epidemiologiya qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘ydi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют