» » Kristofer Nolanning “Dalil” filmining yangi treyleri chiqdi (video)

Kristofer Nolanning “Dalil” filmining yangi treyleri chiqdi (video)


Rejissor Kristofer Nolanning “Dalil” nomli filmining yangi treyleri chiqdi. Film sujeti haqida haligacha biror nima ma’lum emas, deb xabar beradi Meduza.

Bosh qahramon (Jon Devid Vashington ijrosidagi) “to‘g‘ri eshiklarni ochuvchi” “dalil” so‘zini biladi, xolos. Yana protagonist vaqtni boshqara oladi va shu orqali Uchinchi jahon urushining oldi olinishi kerak.

E’tiborli jihati, treyler premyerasi Fortnite o‘yinida bo‘lib o‘tgan. Avvalroq o‘yinda “Yulduzlar jangi” to‘qqizinchi epizodiga taalluqli sahnasi namoyish etilgandi, reper Trevis Skott uyushtirgan virtual konsertni esa 12 milliondan ortiq o‘yinchi tomosha qilgan. The Game Awards marosimi tashkilotchisi Jeff Kilining so‘zlariga ko‘ra, yozda Fortnite’da Nolanning filmini to‘liq tomosha qilish mumkin.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, birinchi treylerdan farqli o‘laroq, yangi rolikda film premyerasi ko‘rsatilmagan — 2020-yil 17-iyul. U faqatgina treylerning nomida qolgan. Ehtimol, studiya pandemiya sabab premyerani ko‘chirishi mumkin.

“Dalil” filmida, shuningdek, Robert Pattinson, Elizabet Debiki, Maykl Keyn, Kennet Brana va Yuriy Kolokolnikov suratga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют