» » Xitoyning to‘qqizta eshikka ega krossoveri birinchi bo‘lib 5G aloqa tarmog‘iga ega bo‘ladi

Xitoyning to‘qqizta eshikka ega krossoveri birinchi bo‘lib 5G aloqa tarmog‘iga ega bo‘ladi


2019-yili to‘qqizta eshikka ega elektrokrossoverni taqdim etgan Xitoyning Human Horizons kompaniyasi mahalliy China Telecom telekommunikatsiya giganti bilan birlashib, 5G aloqa tarqmog‘i o‘rnatilgan ilk avtomobillar seriyasini ishlab chiqarish ustida ish boshladi. Yangi texnologiyaning joriy etilishi HiPhi 1 modeliga 5G-V2X standartini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi, ya’ni u boshqa mashinalar, infratuzilmalar va “aqlli yo‘llar” bilan “muloqot” qila oladi, deb xabar beradi Motor.

To‘qqiz eshikli HiPhi 1’ga harakatlanish uchun yarim mingdan ortiq datchik, kamera va optik dalnomerlar yordam beradi. Real vaqtda kelib tushayotgan ma’lumotlarni neyrotarmoq qayta ishlaydi. Bu umumiy gigabit tarmog‘iga ulangan to‘rtta kontroller domen va oltita mikrokompyuter. Krossover bort tizimi yordamida juda ko‘p miqdordagi ma’lumotlar oqimini tahlil qilishga qodir bo‘lib, zarurat tug‘ilganda bulutli hisoblagich platformaga murojaat qiladi.

5G-V2X standartining joriy etilishi 3 Smart nomli strategik rejaning bir qismi hisoblanadi: “aqlli avtomobil”dan tortib “aqlli transport tizimi” va “aqlli shahar”.

Mazkur texnologiyalar yordamida Human Horizons Shanxaydagi Chjanszyan yuqori texnologiyalar parki hududida “aqlli shahar” qurmoqda.

2019-yilda taqdim etilgan HiPhi 1 krossoveriga har biri 268 ot kuchiga ega ikkita elektromotor va 96 kilovatt-soatli akkumulyator o‘rnatilgan. Elektromobil 100 km/soat tezlikka 3,6 soniyada erisha oladi. Bir marta quvvatlanish orqali 644 kilometr yo‘l bosishga qodir.

Mavzuga doir: Xitoyning China Mobile va Huawei kompaniyalari dunyodagi “eng baland” 5G tarmog‘ini o‘rnatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют