» » Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot Idlibda zarin qo‘llanilganini ma’lum qildi

Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot Idlibda zarin qo‘llanilganini ma’lum qildi


Suriyaning Idlib viloyatidagi Xon-Shayxun shahriga uyushtirilgan hujum vaqtida “zarin yoki zaringa o‘xshash modda” qo‘llanilgan. Bu haqda Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) Ahmet Uzumju ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Reuters’ning qayd etishicha, KQTT mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqot natijalari Turkiya va Britaniya ekspertlari xulosalari bilan bir xil chiqdi.

Xon-Shayxunga hujum oqibatida qariyb 90 kishi halok bo‘lgan. Shifokorlar qurbonlarda asabni falajlovchi modda bilan zaharlanish belgilarini aniqlagan. G‘arb mamlakatlari Suriya harbiy-havo kuchlarini kimyoviy quroldan foydalanishda ayblagan.

Rasmiy Damashq va Moskva bunga javoban Suriya harbiy aviatsiyasi jangarilarning Idlibdagi marralariga zarba bergani, zarbalardan biri jangarilarga tegishli kimyoviy qurol saqlanayotgan omborga borib tushgani haqida bayonot berdi.

Idlibga hujumdan so‘ng AQSh Suriya aviabazasiga qanotli raketalar bilan zarba berdi. Bunga javoban Moskva Suriya osmonida aviahodisalarning oldini olish bo‘yicha Vashington bilan kelishuvni bekor qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют