» » Habib Nurmagomedovning murabbiyi: Getji bizni hech bir jihati bilan qo‘rqita olmaydi

Habib Nurmagomedovning murabbiyi: Getji bizni hech bir jihati bilan qo‘rqita olmaydi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes vaqtinchalik chempion Jastin Getji shogirdiga muammo tug‘dirmasligini aytdi.

“Getjida bizni xavotirga soladigan hech qanday yangi narsa yo‘q. Toni Fergyusonda esa “qurollar” ko‘p, uning ko‘plab jihatlaridan xavotir olish kerak.

Toni raund tugashiga 10 soniya qolganida Jastinni qay holatga solib qo‘ygani esingizdami? O‘shanda vaqt tugab qolmaganida jang nima bilan tugashi mumkinligini hech kim aytolmaydi. Biz yana Toni va Habib o‘rtasidagi jang haqidagi gaplarga qaytishimiz mumkin edi.

Jastin ajoyib kurashchi, qo‘l va oyoq zarbasi yaxshi. U faqat ikki marta mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda ham o‘zining ahmoqligi evaziga, xato tufayli emas. Agar aql bilan jang qilganida, katta ehtimol bilan hozirgacha yengilmas bo‘lib qolardi”, — deydi Mendes.

UFC 249 musobaqasida Getji yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempionligi uchun jangda Fergyusonni mag‘lub etdi va Habibga qarshi chempionlik jangida ishtirok tish uchun birinchi raqamli da’vogarga aylandi. Habib va Getji o‘rtasidagi jang kuz oylarida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.

Jastin Getji Toni Fergyusonni nokautga uchratib, UFC’ning vaqtinchalik chempioniga aylandi (video)

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют