» » Samarqandda 122 tup ko‘knor yetishtirgan 96 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 122 tup ko‘knor yetishtirgan 96 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqand viloyatining Jomboy tumanida yashash uyi hovlisida ko‘knor giyohvandlik o‘simligi yetishtirib kelayotgan otaxonga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 19-may kuni soat 11:20 da Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori—2020” tadbiri davomida 96 yoshli G‘.T.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida ekilgan jami 122 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Xolislar ishtirokida ushbu 122 tup o‘simlik ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Shu yilning aprel oyida Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 467 tup ko‘knor yetishtirgan 73 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 17-may kuni esa Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida hovlisida ko‘knor yetishtirgan otaxonga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoyat ishi bilan ayblangan shaxsning aybi isbotlansa, fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют